Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-июнь 2024, 17:36
 Bosh sahifa  Mobile versiya

2024-2025-o'quv yili uchun 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-BOSQICH:20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida,
2-BOSQICH:1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.

1-sinfga qabul jarayonlariquyidagi tuman (shaharlarda)  elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi adm.maktab.uzga kiritiladi. 
 
MUHIM ESLATMA!
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi. 
Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining 71-203-07-04 raqami yoki telegramdagi  @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.