Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 28-июнь 2024, 15:01
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Xalqaro biologiya olimpiadasi hakamlar hay’ati a’zolari Buxoroga yetib kelishdi

Xabaringiz bor, O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil qilinayotgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasiga Buxoro viloyati mezbonlik qiladi. 
Bugun mazkur olimpiadaning hakamlar hay’ati a’zolari Buxoro viloyatiga yetib kelishdi. Ular Buxoro xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Ushbu olimpiadada ko‘p yillik tajribaga ega o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda Turkiya, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qirgʼiziston davlatlaridan yuqori salohiyatli xalqaro darajadagi ekspertlar hakamlar hay’ati tarkibida ishtirok etishmoqda.
Ayni vaqtda ekspertlar tomonidan xalqaro olimpiadaning nazariy va amaliy bosqichlari uchun topshiriqlar shakllantirilmoqda.