Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 28-июнь 2024, 15:01
 Bosh sahifa  Mobile versiya

''Quvnoq startlar'' musobaqasining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi

Yunusobod tumanidagi 122-sonli umumta’lim maktabida maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston ''Yoshlik'' jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida ''Quvnoq startlar'' musobaqasining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi. 

Mazkur musobaqaning yakuniy final bosqichida Yunusobod tumani hamda Chilonzor tumani vakillari kuch sinashdi. Murosasiz kechgan bahslarda Yunusobod tumani jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. 

Musobaqaning yakuniy natijalari:
1-o'rin Yunusobod tumani 302-sonli maktab,
2-o'rin Chilonzor tumani 184-sonli maktab 
3-o'rin Yakkasaroy tumani 160-sonli maktab.

Yakunda musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.