Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 5-июль 2024, 12:06
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta'lim maktabida asosiy fan olimpiadasining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi


Xabaringiz bor, kuzgi ta’til kunlari Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta'lim maktabida asosiy fan olimpiadasining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. 
Unda olimpiadaning tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1100 nafarga yaqin 9 — 11-sinf o'quvchilar ishtirok etib, matematika, fizika, informatika, kimyo va biologiya fanlaridan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Mazkur olimpiada g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig' Nilufar Husanboyeva ishtirok etdi. Fan olimpiadasining shahar bosqichida g'olib va sovrindor bo'lgan o‘quvchilarga diplom hamda pul mukofotlari topshirildi.


Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati