Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 5-июль 2024, 12:06
 Bosh sahifa  Mobile versiya

UNICEF xalqaro tashkiloti tomonidan umumta’lim muassasalari uchun bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha namunaviy Nizomni muhokama qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi


Birlashgan Millatlar tashkilotining bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasida UNICEF xalqaro tashkiloti tomonidan umumta’lim muassasalari uchun bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha namunaviy Nizomni muhokama qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. 
Unda poytaxtimizdagi umumta’lim maktablari direktorlari, psixologlari, fan o‘qituvchilari hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlarda umumta’lim muassasalarida namunaviy ta’minotni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan aniq harakatlar,  jumladan, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, bolaning hayoti, salomatligi va daxlsizligini himoya qilish, bolaga nisbatan kamsitish va zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.


Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati