Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 5-июль 2024, 12:06
 Bosh sahifa  Mobile versiya

O‘zbekiston va Tojikiston ta’lim vazirlari ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini muhokama etdi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov bugun poytaxtimizda o‘tayotgan “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish” mavzusida II Butunjahon konferensiyasi doirasida Tojikiston fan va ta’lim vaziri Raxim Saidzoda bilan uchrashdi.
Aytish joizki Xalqaro Kongress markazida o‘tayotgan mazkur tadbirda dunyodagi qator xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda YUNESKOga a’zo davlatlarning ta’lim vazirlari, yetakchi xalqaro mutaxassis va arboblari ishtirok etmoqda.