Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 5-июль 2024, 12:06
 Bosh sahifa  Mobile versiya

O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Butunjahon ta’lim konferensiyasi doirasida Ozarbayjon fan va ta’lim vaziri bilan uchrashdi

Joriy yilning 14 noyabr kuni poytaxtimizdagi Xalqaro Kongress markazida Kichik yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Konferensiya doirasida Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning Ozarbayjon fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik munosabatlari xususida so‘z bordi. Emin Amrullayev O‘zbekistonda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va davlat siyosatiga yuqori baho berdi. 
Ozarbayjon ta’lim vaziri PISA, PIRLS xalqaro tadqiqotlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, darsliklar yaratish sohasidagi tajriba haqida so‘z yuritar ekan, bugungi kunda Ozarbayjon maktablarida ta’lim sifati, o‘qituvchilar malakasini oshirish borasida qo‘yilayotgan talablarga to‘xtalib o‘tdi.