Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 5-июль 2024, 12:06
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Oktyabr — ona tili va adabiyot, o‘zbek tili fanlari oyligi”ning yopilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Yaqinda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan Yunusobod tumanidagi 21-sonli umumta’lim maktabida “Oktyabr — ona tili va adabiyot, o‘zbek tili fanlari oyligi”ning yopilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. 
Unda fan oyligi doirasida “Ona tili va adabiyot, o‘zbek tili fanlari ta’limida sifat va samaradorlikni hamda savodxonlikni oshirishning zamonaviy usullari“ mavzusidagi metodik tavsiyalar, o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan "Kimning xati chiroyli" hamda yosh ijodkorlar o‘rtasidagi "Mitti yulduz shu’lasi" ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari bosh boshqarmaning diplomlari va Yozuvchilar uyushmasining kitoblari bilan taqdirlandi. 





Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati