Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 5-июль 2024, 12:06
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Xalq ta’limi vaziri II Istanbul ta’lim sammiti doirasida Turkiya maktablari faoliyati bilan tanishdi

Avval xabar berilganidek, Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov II Istanbul ta’lim sammitida ishtirok etdi.
Istanbul ta’lim sammiti doirasida vazir Turkiyaning Istanbul shahridagi Professor Jamil Toshchi-o‘g‘li nomidagi umumta’lim maktabiga borib, maktab jamoasi bilan muloqotda bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, Turkiyada ta’lim tizimi xodimlari davlat xizmatchisi maqomiga ega. Yosh pedagog kadrlarni maktabga qabul qilish tizimi esa “Qattiq siyosat” yondashuvi asosida amalga oshirilishi ma’lum qilindi.
Turkiyada maktab o‘qituvchisi bo‘lish uchun pedagogik oliy ta’lim muassasasini bitirgach bir yil davomida amaliyot o‘tashi hamda davlat tomonidan tashkil etilgan maxsus “Davlat xizmatchisini tanlash imtihoni”dan muvaffaqiyatli o‘tib sertifikatga ega bo‘lish talab etiladi.