Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 5-июль 2024, 12:06
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Xalq ta’limi vaziri Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi

Bugun Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov hamda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi-Sang o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda yurtimiz xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama etildi.
Uchrashuvda koreys mutaxassislarini O‘zbekistonga yuborishni tashkil etish bo‘yicha Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligining Xalqaro milliy ta’lim instituti bilan imzolangan memorandum asosida olib borilayotgan ishlarga ham alohida to‘xatilib o‘tildi. Qayd  etilganidek, ayni vaqtda 4 nafar koreys mutaxassislari mamlakatimiz umumta’lim maktablarida faoliyat yuritib kelmoqda.