Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 2-июль 2024, 16:34
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Poytaxtimizdagi 41 ta umumta’lim maktabida raqamli kutubxona joriy etildi

Aytish lozimki, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarni mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida zamonaviy kutubxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bugun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 22-maktabda o‘tkazilgan umumta’lim maktablarida raqamli kutubxona tizimini joriy etish va uning o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishdagi o‘rni тарғиботига bag‘ishlangan press-turda bu borada olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizdagi mavjud umumta’lim maktablari kutubxonalarida jami 15,3 mln. nusxa adabiyotlar fondi mavjud bo‘lib, shundan 7,7 mln. nusxasi lotin alifbosidagi adabiyotlar hisoblanadi. 1,6 mln. nusxa (10,3%) rus, 23 ming nusxa тожик, 92 ming nusxa qozoq, 3,5 ming nusxa qirg‘iz,
609 nusxa turkman тилларидаги badiiy adabiyotlar mavjud. Shuningdek, kitoblarning 78,5 ning nusxasini chet tillar (ingliz, nemis va fransuz) dagi adabiyotlar tashkil qiladi.
Maktab kutubxonalaridagi doimiy kitobxon o‘quvchilar soni 3,1 mln. nafardan иборат.
O‘quvchilarni internet tarmog‘i orqali kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida www.kitob.uz сайти ташкил etilgan bo‘lib, ushbu portalga badiiy adabiyotlarning 5 mingdan ziyod электрон shakllari joylashtirilgan. Hozirda saytdan bir kunda o‘rtacha 11-12 ming нафар o‘quvchi-yoshlar foydalanishmoqda.
O‘quvchilar uchun 120 nomdagi o‘zbek mumtoz va zamonaviy hamda jahon adabiyoti namunalarining audio kitob shakldagi variantlari yaratilib, mazkur audio kitoblar www.kitob.uz сайтига yuklab olish va onlayn tinglash uchun joylashtirildi.
Bolalar kutubxonalari va maktab kutubxonalari uchun xorijiy davlatlar kutubxonalariga sayohatlar uyushtirish imkoniyatini beruvchi virtual maydonlar tashkil etildi.
www.kitob.uz платформасидаги “VR kutubxona” bo‘limiga қўшилган mazkur maydonda xorijiy davlatlarda joylashgan zamonaviy kutubxonalarning VR 360 panorama кўринишидаги video mahsulotlar (25 dona) hamda ushbu kutubxonalar haqida qisqacha ma’lumotlar joylashtirilgan.
Ta’kidlanganidek, bolalarni elektron kutubxona imkoniyatlaridan keng foydalanishlarini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi 41 ta hamda Shayxontohur tumanidagi 36 ta maktabda raqamli kutubxona loyihasi to‘liq joriy etildi va ishga tushirildi.
Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 22 maktabda o‘tkazilgan press-tur tadbirlari davomida umumta’lim maktablarida raqamli kutubxona tizimini joriy etish va uning o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishdagi o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Qayd etilganidek, raqamli kutubxona tizimi nafaqat o‘quvchilar, balki maktab o‘qituvchilari uchun qator qulayliklar yaratadi. Xususan, kutubxona fondi tarkibidagi o‘n minglab kitoblar orasidan kerakli adabiyotlarni kalit so‘z orqali topish, mavjud kitoblarning monitoringini yuritish imkoniyatini yaratildi.
Shu bilan birga o‘quvchilar o‘rtasida qaysi kitoblarga talab kattaligi xususidagi tahliliy ma’lumotlar doimiy nazorat qilib boriladi.
Ushbu tizimning yana bir qulayligi shundaki, o‘quvchilarning internet tizimidagi mavjud elektron o‘quv platformalari yordamida kitob o‘qish imkoniyati bir necha baravar ortadi. Bu orqali o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini zamonaviy o‘quv tizimi bilan uzviy bog‘liqliligi ta’minlanadi.
Mazkur maktablarda hozirgi kunda raqamli kutubxona platformasiga kiritilgan o‘quvchilar soni 40 689 nafarni tashkil etadi. Tizimga yuklangan kitoblarning umumiy soni 95 686 tadan iborat bo‘lib, undan foydalanib kelayotgan faol kitobxonlarning umumiy soni ayni vaqtda 2 300 nafardan ортиқни tashkil etmoqda.
Press-tur tadbirlari davomida jurnalistlar tomonidan mavzuga doir berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.