Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 28-июнь 2024, 15:01
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Har yili yoz oylari Xalqaro fan olimpiadalari mavsumi hisoblanadi


Vazirlikka 2020 yilda aynan kovid davrida kelganim sababli terma jamoalarimizning Xalqaro fan olimpiadalardagi ishtirokini faqat onlayn ko‘ra oldim. Bu yil vazirlikdagi faoliyatim davomida ilk bor terma jamoalarimiz olimpiadalarda onlayn emas, bevosita olimpiada o‘tkazilayotgan xorijiy davlatga borib ishtirok etishi kutilmoqda.
Bu yilgi terma jamoalarimiz juda ajoyib tarkibdan iborat, ya'ni ulardan Xalq ta'limi vazirligi, Prezident ta'lim muassasalari agentligi maktablari hamda akademik litsey o‘quvchilari o‘rin olgan. 
O‘quvchilar ko‘p bosqichli saralashdan o‘tdilar, xalqaro trenerlar va mahalliy olimlar yordamida jamoalarni ushbu sinovlarga maqsadli tayyorladik. Bu ishlar Vazirlikning Olimpiada departamenti tomonidan tashkil qilindi. Endi bolalardan ijobiy natijalarni kutib qolamiz (natijalar oy yakunida ma'lum bo‘ladi).
Bolajonlarimizga omad yor bo‘lsin, Vatanimizga medallar bilan qaytishsin.

Suratlarda matematika, kimyo va biologiya terma jamoalari a'zolari.