Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 4-июль 2024, 19:55
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Xalq ta’limi vazirligida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi o‘tkazildi

Xabaringiz bor, 25 iyundan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasi boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va o‘qituvchilari ishtirokida “Konstitutsion islohotlar” mavzusida muhokama-munosabat tadbiri o‘tkazildi. 
Videokonferensiya aloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda Bosh qomusimizga kiritilishi kutilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ahamiyati, dolzarbligi haqida so‘z yuritildi. 
Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi spikeri o‘rinbosari, XDP fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov Konstitutsiyamizga kiritilishi kutilayotgan har bir o‘zgartirishlarni batafsil tahlil qilib berdi.