Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 4-июль 2024, 19:55
 Bosh sahifa  Mobile versiya

1 iyun – "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi

1 iyun – "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" 1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Butunjahon konferensiyasida ta’sis etilgan bo‘lsa, oradan 25 yil o‘tib, 1950 yildan to shu kunga qadar bayram sifatida nishonlab kelinadi. Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. Shu sababli bizning maktabimizda ham "Istiqlol" nomli sog'lomlashtirish maydonchasi ochilishi, hamda 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni " munosabati bilan tadbirlar bo'lib o'tdi. Tadbir davomida bolalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar yangradi,bolalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun to‘garaklar tashkil etildi.Maktab rahbari boshchiligida uyda ta'lim oluvchi o'quvchilar holidan xabar olindi.