Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 4-июль 2024, 19:55
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Bugun maktabimizda “So‘nggi qo‘ng‘iroq”

Bugun 25-may maktabimizda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarangladi. Ulkan orzu-maqsadlar bilan ta’lim-tarbiya quchog‘ida jam bo‘lishgan o‘quvchilar bugun hayotning katta ostonasiga qadam qo‘yishmoqda. Yurtimizning barcha jabhalaridagi kabi 258-umumta’lim maktabda ham an’anaga aylangan “Xayr maktab- salom kollej!” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkillashtirildi.Maktab bitiruvchilari tomonidan turli sahna ko‘rinlari namoyish etishdi, kuy-qo‘shiqlar kuylandi.O‘quvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarni raqsga chorladi. Maktab uzra yangragan “So‘ngi qo‘ng‘iroq” dillarga zavq ulashdi. O‘quv yilining yana bir yili tamom bo‘ldi.Maktab rahbari Azibaeva Durjamol Jaldibaevna tadbir so'ngida bitiruvchi o‘quvchilarimizga kelajakdagi ishlariga omad tiladilar.Tantanada ota-onalar, mehmonlar o‘quvchilar bitiruvchilarni tabriklab, ularga ta’lim–tarbiya bergan ustozlarga minnatdorliklarini bildirdilar. Tadbirda o‘quv yili davomida o‘qish va ish faoliyatida o‘rnak ko‘rsatgan ijodkor pedagog xodimlar, a’lochi o‘quvchilar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga alohida e’tibor qaratildi va ularga estalik sovg'alari topshirildi.