Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 1-июль 2024, 09:01
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Pedagoglar uchun Metodik marafon o‘tkaziladi


Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan 2024-yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon tashkil etilmoqda.
Marafondan ko‘zlangan maqsad:
👉 umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻquv-tarbiya jarayonini zamonaviy talablar asosida innovatsion usullar yordamida oʻqitishni taʼminlash;
👉 xalqaro baholash dasturi (PISA-2022) tadqiqotlarida oʻquvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar savodxonligi bo'yicha baholash natijalaridan kelib chiqib, ularning o‘zlashtirishdagi boʻshliqlar bilan ishlash;
👉 o‘qituvchilarga oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash va samarali muloqot qilish, real hayotiy muammolarga yechim topa olishiga yoʻnaltirilgan metodlarni oʻrgatish;
👉 pedagog kadrlarning ilgʻor tajribalarini aniqlash, oʻzaro tajriba almashishlarini yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash.
Marafonda ishtirok etish uchun taqdimotlar @metodik_marafon_bot telegram botiga yuboriladi. Bunda taqdimot hajmi 50 MB'dan oshmasligi kerak.
Eng yaxshi metodik resurs mualliflari tanlab olinadi hamda trener sifatida jalb etiladi. Shuningdek, Ta’limni rivojlantirish markazi rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinadi. 
Marafonga oid yangiliklar markazning @trm_metodika kanalida e’lon qilib boriladi.