Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 1-июль 2024, 09:01
 Bosh sahifa  Mobile versiya

9-sinf va 11-sinf o‘quvchilaridan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qabul qilinadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari 9-sinf va 11-sinf o‘quvchilaridan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qabul qilinadi.
Sport sinovlari  umumiy o‘rta ta’lim maktablariningi 9-sinf va 11-sinf o‘quvchilaridan noyabr-dekabr oylari davomida ixtiyoriy talablar bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, maxsus talablar bo‘yicha sport maktablarida qabul qilinadi.
Sport sinovlarini topshirish istagida bo‘lgan oʻquvchilar joriy yilning 20-oktabr kunidan boshlab 30 noyabr kuniga qadar my.sport.uz platfomasidan roʻyxatdan oʻtgan holda sport sinovlarini topshirish uchun ariza qoldirishlari mumkin.
Sport sinovlarining maxsus talablarini bajargan gʻolib va sovrindorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida” 2022-yil 15-yanvardagi 23-son qaroriga muvofiq muvofiq  ragʻbatlantiriladi.