Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 5-июль 2024, 12:06
 Bosh sahifa  Mobile versiya

DIQQAT! bizda 4-TANLOV



IJODKOR  BOLALAR DIQQATIGA
Respublikamizning barcha umumta’lim maktablaridagi ijodkor o‘quvchilar uchun Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan qishki ta’til vaqtini mazmunli tashkil etib, ijodkor o‘quvchilarning zukkoligini tekshirish va ularning intellektual bo‘lib yetishishlari maqsadida 5-yanvardan 9-yanvarga (shu kuni ham) qadar “Kun kitobxoni” viktorina ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
1. Tanlov umumta’lim maktab o‘quvchilarining she’r, hikoya yozadigan “Ijodkor o‘quvchilari” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
2. Tanlov uchun beriladigan savollar Respublika bolalar kutubxonasining "Ijodkor bolalar" guruhida e’lon qilinadi.
3. Besh kun mobaynida taqdim qilingan savollarga birinchi va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi tanlov g‘olibi sanaladi.

Qadrli ijodga chanqoq ijodkor o‘quvchilar! 
Ushbu ko‘rik-tanlovda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati